REHABUZ XIZMATI
Igna terapiya
Biologik faol nuqtalarga steril ignalar bilan ta’sir qilish orqali organizmning tabiiy himoya va tiklanish zaxiralarini uyg‘otish.
Akupunktura qanday natija beradi?
Igna terapiya — asab tizimini muvozanatga keltirish, surunkali og‘riqlarni qoldirish, qon aylanishini normallashtirish va immunitetni kuchaytirishda qo‘llaniladi. Faqat bir martalik o‘ta nozik steril ignalardan foydalaniladi.
Muolajaga tayyorgarlik
- Juda och yoki to‘q holatda kelmaslik tavsiya qilinadi
- Ruhiy va jismoniy xotirjamlik holatida bo‘lish
- Avvalgi asab tizimi yoki bo‘g‘im tekshiruvlarini taqdim etish
Boshqa xizmatlar bilan uyg‘unlik
Manual terapiya va nevropatolog ko‘rigidan so‘ng igna terapiya kursi belgilanadi. Bu kasallik o‘chog‘iga kompleks ta’sir ko‘rsatadi.
← Barcha xizmatlar ro‘yxati